Hojiakbar Nosirov Angren şahridan. U davlat taşkilotida işlaşi bilan bir qatorda qiş faslida issiqxonada, bahordan boşlab esa dalada qulupnay yetiştiradi. Dehqonning uyidan yil davomida qulupnay uzilmaydi. “Umrimni qulupnayçilikka bağişlaganman. Qişda ham hovlim xuddi bahordek yaşnab turadi”, – deydi dehqon.

“Odamlar bahorni orzu qilib kutadi. Bizning uyimizda esa hamişa bahor, qiş faslida köçada qor bölsa, issiqxonamizga kirsangiz, meva pişib turgan böladi. Mevani tanasining özidan uzib yeb turib, mazasidan bahramand bölaverasiz-da.

Kördimki, issiqxona yönalişidagi qulupnayçilik kam ekan. Avvaliga özimizning mahalliy qulupnaylarni ekib köpaytirdim, lekin natijaga erişa olmadim. Keyin esa çet el tajribasini örgana boşladim. Hovlimga issiqxona qurdim.

Hojiakbar Nosirov

Örganib-örganib, mana, ikki yildirki, yerdan balandda, gidroponika usulida iş boşladim. Oilam, rözğor uçun uç sotix issiqxona qilganmiz. Öğillarim öqişda, turmuş örtoğim bilan qulupnaylarni parvarişlaymiz. Özbekiston böyiça har bitta xonadonda uç sotixdan issiqxona bölganda, birorta kambağal oila qolmagan bölar edi.

Issiqxonadan yaxşi hosil oliş uçun Janubiy Koreyadan keltirilgan navlarni ekiş kerak. Çunki aynan Koreya navining hosildorligi yaxşi böladi. Daromadiga kelsak uç sotix issiqxonadan sarf-xarajatlardan taşqari 110-120 million söm sof foyda qoladi. Bitta oilaga bemalol daromad manbayi böladi-da. Şu kunlarda 1 kg qulupnayni uyimizning özidan 200-220 ming sömdan olib ketişyapti. Bizning Angren şahrimiz toğli hudud bölgani uçun har tört-beş kunda teramiz. Agar quyoş nuri yaxşi çiqib tursa, har uçinçi kun tersa böladi. Ikkita issiqxonamdan bir yarim sotixdan uç sotix bölsa, bir terişda 30 kilodan 35 kilogaça qulupnay yiğiştirib olamiz.