2026 yil 25 martda qabul qilingan “Aholini kuz-qiş mavsumlarida qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qaroriga köra, 2026–2027 yillarda respublikada issiqxonalar faoliyatini rivojlantiriş böyiça asosiy maqsadli körsatkiçlar belgilandi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida kamida 940 gektar maydonda zamonaviy issiqxona majmualarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Şuningdek, energiya tejamkor va muqobil energiya manbalariga asoslangan isitiş tizimlari uluşini kamida 50 foizga yetkaziş közda tutilgan.

Qarorga muvofiq, Surxondaryo viloyatida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi taşkil etiladi. Mazkur hududda faoliyat yurituvçi issiqxona xöjaliklariga qator imtiyozlar taqdim etiladi.

Xususan, yer uçastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn auksion orqali ijaraga berilganda 5 yil davomida ijara tölovining nol stavkasi qöllanadi. Şuningdek, issiqxonalarni suğoriş va texnologik jarayonlar uçun foydalaniladigan oqova hamda yerosti suvlari uçun tölovlardan 3 yil muddatga ozod etiş belgilangan.

Bundan taşqari, anomal sovuq ob-havo şaroitlarida, ekologik talablarga rioya qilingan holda, istisno tariqasida kömir yoqişga ruxsat beriladi.

Mazkur çora-tadbirlar issiqxona xöjaliklarini rivojlantiriş, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşiriş va aholini yil davomida barqaror ta’minlaşga xizmat qiladi.