Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Qurilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligiga drenaj tizimi bo‘yicha yechim topish vazifasini yukladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Yangi O‘zbekiston massivlarida uy-joy qurilishi va 2023 yil uchun ipoteka dasturini amalga oshirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, bugungi kunda yangi uy-joylar mahalliy qurilish materiallaridan qurilmoqda. Lekin, qurilishlar sifatiga ta’sir qiluvchi temir-beton ishlab chiqaruvchi 3 mingga yaqin korxonaning yarmida laboratoriya yo‘q. O‘tgan yili uy-joy qurilishida temir-beton, devor konstruksiyalari va payvandlash ishlari sifatsizligi bo‘yicha 1 mingdan ortiq holat aniqlangan.
Shu bois, mutasaddilarga barcha temir-beton korxonalarida zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.
So‘nggi oylarda dunyoda ham, mintaqada ham seysmik faollik kuzatilyapti. Shu bois, 1 maydan boshlab:
- qurilish boshlanishidan oldin tanlangan yer uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi;
- ko‘prik, tonnel, ko‘p qavatli binolar kabi seysmik xavfsizlik talablari yuqori bo‘lgan bino-inshootlarni qurish faqat Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida “A” va “B” toifaga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Yog‘ingarchilik shaharlarning drenaj tizimi yomon ahvolga kelib qolganini yaqqol ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Qurilish vazirligi va Toshkent shahri hokimligiga ikki hafta muddatda ushbu masalaning yechimi bo‘yicha dastur qabul qilish va amalga oshirish topshirildi.
Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi.
Mavzuga oid
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
12:18 / 17.03.2026
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori: narxlar qanday o‘zgaryapti?
10:29 / 05.03.2026
Uy-joy qurilishida yer ajratish va ruxsat berish tartiblari tezlashtiriladi
08:40 / 05.03.2026