Qayd etilişiça, bugungi kunda yangi uy-joylar mahalliy quriliş materiallaridan qurilmoqda. Lekin, qurilişlar sifatiga ta’sir qiluvçi temir-beton işlab çiqaruvçi 3 mingga yaqin korxonaning yarmida laboratoriya yöq. Ötgan yili uy-joy qurilişida temir-beton, devor konstruksiyalari va payvandlaş işlari sifatsizligi böyiça 1 mingdan ortiq holat aniqlangan.

Şu bois, mutasaddilarga barça temir-beton korxonalarida zamonaviy laboratoriyalar taşkil qiliş böyiça “yöl xaritasi”ni tasdiqlaş topşirildi.

Sönggi oylarda dunyoda ham, mintaqada ham seysmik faollik kuzatilyapti. Şu bois, 1 maydan boşlab:

- quriliş boşlanişidan oldin tanlangan yer uçastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza ötkaziş majburiy böladi;

- köprik, tonnel, köp qavatli binolar kabi seysmik xavfsizlik talablari yuqori bölgan bino-inşootlarni quriş faqat Quriliş-pudrat taşkilotlari elektron reytingida “A” va “B” toifaga ega bölgan korxonalar tomonidan amalga oşiriladi.

Yoğingarçilik şaharlarning drenaj tizimi yomon ahvolga kelib qolganini yaqqol körsatayotgani ta’kidlandi. Quriliş vazirligi va Toşkent şahri hokimligiga ikki hafta muddatda uşbu masalaning yeçimi böyiça dastur qabul qiliş va amalga oşiriş topşirildi.

Yiğiliş davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi.