Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona viloyati hokimligidan ketdi. Uning o‘rnini Xayrulla Bozorov egalladi
Namangan viloyatining sobiq hokimi Xayrulla Bozorov Farg‘ona viloyatining yangi hokimi etib tayinlandi.
Bugun, 25 sentabr kuni Farg‘ona viloyati hokimligi majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan.
Yig‘ilishda viloyatga 2011 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Shuhrat G‘aniyev boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risidagi prezident farmoni o‘qib eshittirilgan.
Prezident tavsiyasiga ko‘ra bugungiga qadar Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Xayrullo Hayitboyevich Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan.

Bundan oldinroq Shuhrat G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallashi kutilayotgani haqida xabar qilingandi.
Xayrullo Bozorov 1976 yilda tug‘ilgan, Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagach, 10 yil soliq tizimida ishlagan.
Jumladan, 1995-2003 yillarda Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasida inspektor, katta inspektor, bosh inspektor, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. So‘ng Namangan shahar soliq inspeksiyasiga ishga o‘tib, 2005 yilgacha avvaliga inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, so‘ng inspeksiya boshlig‘i bo‘lgan.
2005-2008 yillarda Bozorov Namangan viloyat hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari, viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Turli yillarda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on (2008-2009), Chust (2009-2014), Mingbuloq (2014-2015) tumanlari hokimi sifatida faoliyat olib borgan, 2015 yil noyabridan buyon Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 03.04.2026
Farg‘onada og‘ufurushlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi
20:37 / 02.04.2026
Farg‘onada bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi
08:30 / 18.03.2026
1,8 mlrd so‘mlik jarimani kamaytirishni va’da qilgan muhandis qo‘lga olindi
08:28 / 12.02.2026