Manba: Shuhrat G‘aniyev yangi lavozimga o‘tmoqda, Farg‘ona va Namanganga yangi hokimlar tayinlanadi
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimini tark etadi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, u bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallaydi.
Shuhrat G‘aniyev hozirgacha O‘zbekistondagi eng uzoq vaqt davomida bir viloyatda hokim bo‘lib turgan rahbar hisoblanardi - u Farg‘ona viloyatini 2011 yildan buyon boshqarib kelayotgandi.
Farg‘ona viloyatiga ham yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda. Manbalarning ma'lumotiga ko‘ra, bu lavozimga 2015 yildan buyon Namangan viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Xayrulla Bozorov tayinlanadi.
O‘z navbatida, 2017-2020 yillarda Namangan shahriga hokimlik qilgan, ayni vaqtda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlayotgan Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi lavozimini egallashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning fevralidan buyon bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan O‘ktam Barnoyev sentabr oyida koronavirus oqibatlaridan vafot etdi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
-
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi
Jamiyat | 00:08
Mavzuga oid

20:13 / 14.02.2025
Fermerlar minimal narxda shartnoma tuzishga majburlanyapti. Sohadagi islohot qarshilikka uchramoqda

18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi

14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?

17:09 / 24.09.2024