O‘zbekiston | 11:28 / 14.01.2026
2011
1 daqiqa o‘qiladi

Erondagi namoyishlar: O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar qayd etilmadi

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan. Elchixona Eronda bo‘lib turgan yurtdoshlarni xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Foto: AP

Erondagi vaziyat O‘zbekiston tomonidan diqqat bilan kuzatib borilmoqda. O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari qayd etilmagan.

Shu munosabat bilan, Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslik, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroq bo‘lish hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish so‘raldi.

Zarur hollarda O‘zbekistonning Tehron shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin: +982122299780, +982122832025.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid