Eron tomonidan Hörmuz böğozining davom etayotgan blokadasi tufayli Fors körfazi davlatlari neftni uşbu dengiz yölini çetlab ötgan holda eksport qiliş imkonini beruvçi quvurlar quriş rejasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi 2 aprel, payşanba kuni yozdi.
Naşrda ta’kidlanişiça, rasmiylar va sanoat kompaniyalari rahbariyati vakillari yangi quvurlar, ehtimol, Fors körfazi davlatlarining Hörmuz böğozi orqali yetkazib berişdagi uzoq davom etuvçi uzilişlar oldidagi zaifligini kamaytirişning yagona yöli bölişi mumkin, deb hisoblamoqda. Biroq bunday loyihalarni amalga oşiriş katta xarajatlar, murakkab siyosiy masalalar bilan boğliq va köp yillar talab qiladi.
Mualliflar qayd etişiça, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi 1200 kilometrlik “Şarq—Ğarb” neft quvurining strategik ahamiyatini yanada yaqqol namoyon qildi. Bu quvur 1980-yillarda Eron va Iroq örtasidagi “tankerlar uruşi” Hörmuz böğozining yopilişiga olib kelişi mumkin, degan xavotirlar tufayli qurilgan.
Bugungi kunda u asosiy transport arteriyasiga aylangan bölib, har kuni Qizil dengiz böyidagi Yanbu portiga 7 million barrel neft yetkazib berişni ta’minlaydi va bu Hörmuz böğozini aylanib ötiş imkonini beradi.
Maqolada aytilişiça, endi Saudiya Arabistoni har kuni qazib olinayotgan 10,2 million barrel neftni töliq haydaş imkoniga ega böliş uçun “Şarq—Ğarb” quvurini kengaytiriş yoki yangi neft quvurlari quriş masalasini körib çiqmoqda.
Atlantic Council taşkilotining Yaqin Şarq dasturlari böyiça katta maslahatçisi Meyson Kafafining fikriça, eng istiqbolli variant bitta muqobil yönaliş emas, balki butun bir quvurlar tarmoğini barpo etiş böladi.
Fors körfazidagi davlatlardan birining nomi oçiqlanmagan amaldoriga köra, variantlardan biri sifatida AQŞ rahbarligidagi Hindiston — Yaqin Şarq — Yevropa iqtisodiy koridori (IMEC) infratuzilma loyihasiga qaytiş ham körib çiqilişi mumkin. Jurnalistlar eslatişiça, dastlabki loyiha siyosiy jihatdan murakkab bölgan Isroilning Hayfa portiga neft quvuri tortişni ham öz içiga olgan.
“Şarq—Ğarb” neft quvurini qurgan Livanning xususiy C.A.T. Group kompaniyasi rahbari Kristofer Buşning aytişiça, yangi quvurlar qurişga qiziqiş AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi boşlanişidan oldin ham mavjud bölgan.
Mutaxassis bahosiça, Saudiya Arabistonida Qizil dengiz sohilida joylaşgan Al-Hijoz toğ tizmasidagi qattiq bazalt qoyalarini portlatiş zarurati hisobga olinsa, şunga öxşaş yana bir quvur quriş taxminan 5 milliard dollarga tuşadi.

















