Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlatning aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish bo‘yicha «oltin aksiya» huquqi bekor qilindi
Foto: Shutterstock
“Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, unitar korxonada kuzatuv kengashi tashkil etilishi va kengash korxonaning boshqaruv organi bo‘lishi mumkinligi belgilandi.
Davlatning ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi “oltin aksiya”ga oid normalar qonunchilikdan chiqarib tashlandi.
Shuningdek, aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zolarining vakolati 1 yildan 3 yilga uzaytirildi.
Yuridik shaxslarning ustav fondida kamida 5 foiz ulushga ega bo‘lgan ishtirokchilar va aksiyadorlar auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari bo‘lishi mumkinligi belgilandi, ilgari 10 foiz edi.
Mavzuga oid
12:52 / 31.12.2025
Boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushi oshiriladi
20:46 / 21.02.2025
Aksiyadorlik jamiyati xodimlariga aksiya sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi
14:31 / 19.07.2024
O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizgacha ko‘tarildi
08:45 / 16.05.2024