Naşrda yozilişiça, Senatning 2021 yil 28 maydagi qarori bilan tasdiqlangan "Özbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erişiş strategiyasi" xotin-qizlar va erkaklar örtasida tenglik tamoyilini tatbiq etişdagi keng qamrovli yondaşuvni nazarda tutadi. 

"Amalda esa natijalar yanada salmoqli. Xususan, gender siyosati sabab – sönggi yetti yilda Özbekistonda xotin-qizlarning davlat boşqaruvidagi uluşi 27 foizdan 35 foizga kötarildi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida gender tenglikka erişiş borasidagi tizimli işlarni sarhisob qilib, xotin-qizlarning davlat boşqaruvidagi uluşi birinçi marta 35 foizga yetganini alohida qayd etdi", – deya ta’kidlangan materialda.

Mamlakatda Qonunçilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senat a’zolarining 25 foizini ayollar taşkil etmoqda. Tadbirkor ayollar safi ikki barobarga köpayib, öz biznesini yölga qöygan ayollar soni 205 mingdan oşdi. Yuz minglab ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitildi. Cog‘liqni saqlaş va ta’lim sohasida band bölgan aholi örtasida xotin-qizlar uluşi 77 foizni, iqtisodiyot va sanoat sohasida 46 foizni taşkil etmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan qizlar soni 6 barobarga köpayib ta’lim olayotgan talabalarning yarmidan ortiğini xotin-qizlar taşkil etmoqda.

El Mundo Financiero tarqatgan maqolada, şuningdek, "Özbekistonda bu borada olib borayotgan tizimli çora-tadbirlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham munosib e’tirof etilmoqda. Xususan, Jahon banki indeksida Özbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi", deb yozilgan.