Vazirlar Mahkamasining «Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazini samarali boşqariş tizimini taşkil etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazini samarali boşqarişni taşkil qiliş, davlat budjeti mablağlaridan oqilona foydalanişni taşkil qiliş maqsadida işlab çiqilgan.
Toşkent tibbiyot akademiyasi klinikasining böş turgan hududida zamonaviy yangi bino-inşootlar kompleksi barpo etilişi hamda quriliş işlari 2024 yil II çorak oxirigaça yakunlanib, foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.
Markaz prezidentning «Islom taraqqiyot banki iştirokidagi «Özbekiston onkologiya muassasalarini modernizatsiya qiliş (II çorak)» loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq Islom taraqqiyot banki mablağlari hisobidan umumiy qiymati 30,97 mln dollar bölgan 130 turdan ortiq zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlanişi rejalaştirilgan.
Markazning joriy faoliyatini boşqariş uçun tanlov asosida professional boşqaruvçi kompaniya jalb etiş belgilanmoqda.
Qaror bilan:
yetakçi xorijiy kompaniyalar, tibbiyot muassasalari tajribasi hamda ekspertlar takliflari asosida boşqaruvçi kompaniyani jalb etiş böyiça tanlov şartlarini işlab çiqiş;
tibbiyot sohasidagi muassasalar, klinikalar va markazlarni boşqariş sohasida tajribaga ega, jumladan xorijiy boşqaruvçi kompaniyasini elektron-auksion vositasida tanlov ötkazgan holda jalb etiş belgilanmoqda.
Uşbu qarorning qabul qilinişi davlat budjetidan qöşimça mablağlar ajratilişini talab etmaydi.

















