Light | 21:57 / 31.03.2018
70198
3 daqiqa o‘qiladi

Eyfel minorasi haqida siz bilmagan 10ta fakt

Parijda 129 yil oldin, ya'ni 1889 yilning 31 martida Eyfel minorasi ochilgan edi. O‘sha kuni konstruktor Gustav Eyfel minoraning yuqori qismida fransuz bayrog‘ini ko‘targan.

Foto: Getty Images

Parijning eng taniqli me'moriy obidalaridan biri, Fransiyaning ramzi sifatida dunyoga mashhur bo‘lgan Eyfel minorasi to‘g‘risida o‘nta faktni taqdim etamiz.

1. Bahaybat minora 1889 yilda ochilganida, u sayyoraning eng baland inshooti edi. 1930-yillarda ushbu nomni «Kraysler» kompaniyasining osmono‘par binosi (fotoda) o‘z qo‘liga oldi, u minoradan 18 metrga balandroq edi. Shunga qaramay, agar Eyfel minorasi balandligiga uning 24 metrlik antennasi qo‘shilsa, «Kraysler» orqada qoladi. Bizning davrimizda esa, Eyfel minorasi Fransiyadagi eng baland binolar orasida faqat beshinchi o‘rinni egallaydi.

Foto: RIA "Novosti"

2. Eyfel minorasi ko‘rinishda monotondir, biroq bu istiqbol illyuziyasi. Aslida bino uchta ranggi bo‘yalgan. Eng qorong‘i ton binoning asosida ishlatilgan, eng yorqini – tepada. Minora zanglashga qarshi himoya maqsadida har yetti yilda 60 tonna bo‘yoq bilan qoplanadi.

3. Mashhur bosh oshpaz Alen Dyukass (Alain Ducasse) minoraning ikkinchi qavatida restoranga ega.

4. 1912 yilda palto-parashyut yaratuvchisi o‘zining ixtirosini Eyfel minorasida sinab ko‘rishga qaror qildi. Erkak imoratning uchinchi maydonchasidan sakrab, halok bo‘lgan.

Foto: AP

5. Ikkinchi Jahon Urushi paytida Parijni nemislarga topshirishdan avval, fransuzlar Eyfel minorasida sabotajni amalga oshirganlar. Ular dushman shaharning ko‘rinishidan bahramand bo‘lmasligi uchun liftni buzib tashlashgan. Ammo Hitler minoraga piyoda ko‘tarilishga qaror qilgan. Liftlar 1944 yilda ta'mirdan chiqarildi va barcha ittifoqchi-askarlarga yuqori qismga tekinga kirish ruxsat berildi.

Foto: Getty Images

6. Eyfel minorasining kichik nusxalari dunyoning turli burchaklarida bor: Amerikaning Las-Vegasida, Xitoyning Gaunchjou va Shenchjenida, Ruminiyaning Sloboziasida, Kopengagenda (Daniya), Varnada (Bolgariya), Aktau (Qozog‘iston) va boshqa shaharlarda.

Foto: RIA "Novosti"

7. Gustav Eyfel minorada o‘sha davrdagi eng yaxshi 72 nafar muhandis, olim va matematiklarning ismlarini o‘yib yozgan.

8. 1925-1934 yillarda Citroën avtomobil kompaniyasi minora to‘rt tomonini reklama shchiti sifatida ishlatgan. Bu o‘sha paytdagi eng yirik reklama bo‘lgandi.

9. Balandlikka qaramay, minorani o‘rnatishda faqat bir kishi halok bo‘lgan.

Foto: Getty Images

10. Tomas Edison Eyfel minorasiga tashrif buyurgan va undan juda hayratga tushgan. U mehmonlar kitobida shunday deb yozgan edi: «Janob Eyfel, muhandis, zamonaviy muhandislik san'atining buyuk va ajoyib namunasi jasoratli quruvchisiga bu muhandislardan zavqlanuvchi barchadan».

Mavzuga oid