Benzin narxi oshmaydi, «zapravka»lar ishlashda davom etadi – «O‘zbekneftgaz»
Ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram`dagi turli guruhlarda tarqalayotgan, 23 martdan boshlab benzin narxi oshishi, karantin munosabati bilan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari yopilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Foto: KUN.UZ
Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, karantin davrida «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish kuchaytiriladi, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida yonilg‘i quyish punktlari tez-tez dezinfeksiya qilib turiladi, ammo faoliyatini to‘xtatmaydi.
Karantin davrida «zapravka»larning ish vaqtida ham hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Respublika miqyosidagi «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari to‘liq odatdagi rejimda ishlashda davom etadi.
Shu bilan birga, benzin va boshqa yonilg‘ilarning narxida o‘zgarish bo‘lmaydi.
«O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi shoxobchalarda benzin narxi respublika bo‘yicha bir xil bo‘lishi qat'iy nazorat qilinadi.
Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova ham tarmoqdagi ma'lumotlar asossiz ekanini tasdiqladi.
«Bu yolg‘on xabar. Respublikadagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari karantin davrida ham ishlashda davom etadi. Ularning yopilishi haqiqatdan uzoq. Tez orada bu hamda rasmiy bayonot beramiz», deydi u.
O‘z navbatida, «O‘ztransgaz» AJ ham bayonot bilan chiqib, avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalariga (AGQKSh – «gaz zapravka») shartnoma shartlariga asosan tabiiy gaz yetkazib berishni davom ettirishini ma'lum qildi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
O‘zbekiston | 11:32
-
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston | 11:11
-
Rasmiylar: Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi
Jahon | 11:07
-
Mer: Xarkivga uchuvchisiz uchoqlar hujum qildi
Jahon | 10:10
Mavzuga oid

18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi

23:00 / 05.03.2025