Bu haqda «Özbekneftgaz» AJ matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Ma'lum bölişiça, karantin davrida «Özbekneftgaz» AJ tasarrufidagi avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qiliş kuçaytiriladi, koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida yonilği quyiş punktlari tez-tez dezinfeksiya qilib turiladi, ammo faoliyatini töxtatmaydi.
Karantin davrida «zapravka»larning iş vaqtida ham heç qanday özgariş bölmaydi. Respublika miqyosidagi «Özbekneftgaz» AJ tasarrufidagi avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari töliq odatdagi rejimda işlaşda davom etadi.
Şu bilan birga, benzin va boşqa yonilğilarning narxida özgariş bölmaydi.
«Özbekneftgaz» AJ tasarrufidagi şoxobçalarda benzin narxi respublika böyiça bir xil bölişi qat'iy nazorat qilinadi.
Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova ham tarmoqdagi ma'lumotlar asossiz ekanini tasdiqladi.
«Bu yolğon xabar. Respublikadagi barça avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalari karantin davrida ham işlaşda davom etadi. Ularning yopilişi haqiqatdan uzoq. Tez orada bu hamda rasmiy bayonot beramiz», deydi u.
Öz navbatida, «Öztransgaz» AJ ham bayonot bilan çiqib, avtomobillarga gaz quyiş kompressor şoxobçalariga (AGQKŞ – «gaz zapravka») şartnoma şartlariga asosan tabiiy gaz yetkazib berişni davom ettirişini ma'lum qildi.
Benzin narxi oşmaydi, 3 oylik zaxiramiz bor – Toşkent şahar hokimligi


















