Jamiyat | 21:03 / 06.06.2026
9838
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi

45-yo‘nalishda qatnovchi elektrobus Qo‘yliq shohbekatida orqaga harakatlanayotgan paytda, piyodani urib yubordi. 35 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan. Avtobusni 7 yil stajga ega 32 yoshli haydovchi boshqargan.

Hodisa videosidan kadrlar

Toshkent shahrida elektrobus orqaga harakatlanayotgan vaqtda odam urib yubordi.

“Toshshahartransxizmat” ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 6 iyun kuni soat 13:40 larda, “Qo‘yliq dehqon bozori” avtoshohbekatida ro‘y bergan.

45-yo‘nalishda qatnovchi Yutong rusumli elektrobus orqaga harakatlanayotgan paytda, 1991 yilda tug‘ilgan piyoda A.K.ni bosib ketgan. Oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan.

Avtobusni 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.N. boshqargan, uning umumiy mehnat faoliyati – 7 yil.

YTH ichki ishlar xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.

“Toshshahartransxizmat” baxtsiz hodisa munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qildi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid