O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi
O‘zbekistonda 2024 yil may oyidan minimal iste’mol xarajatlari miqdori 4,4 foizga oshirilib, kishi boshiga 1 oyga 648 ming so‘m etib belgilandi.

Foto: cer.uz
Joriy yilning 1 mayidan energetika sohasida bozor mexanizmlari joriy etilayotganligi sababli minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 621 ming so‘mdan 648 ming so‘mgacha oshiriladi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi minimal iste’mol xarajatlari miqdori 2021 yilda 440 ming so‘mni tashkil etgan, 2022 yil yanvaridan boshlab esa 498 ming so‘m deb belgilangandi. So‘nggi marta bu miqdor 2023 yil iyul oyida 498 ming so‘mdan 568 ming so‘mgacha, 2024 yilning yanvarida esa 568 ming so‘mdan 621 ming so‘mgacha oshirilgandi.
Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlaridan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
- mamlakatning kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
- kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
- pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida.
Avvalroq, gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi sababli minimal iste’mol xarajatlari qayta ko‘rib chiqilishi aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi

16:14 / 27.11.2024
Mahallaning faol keksalariga har oy 577 ming so‘mdan to‘lanadi

11:19 / 20.11.2024
2025 yilda 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish hukumat iqtisodiy kompleksi asosiy vazifasi bo‘ladi

10:48 / 20.11.2024