Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni jarima ball asosida baholash tizimi joriy etiladi
Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni jarima ball asosida baholash tizimini joriy qilish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni jarima ball asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.
Belgilab qo‘yilishicha:
2020 yilning 1 yanvaridan boshlab milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolarning yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini har yilda 12 (o‘n ikki) ball asosida baholab boriladi;
milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holati yil boshidan shu yilning yakuniga qadar berilgan 12 balldan ayirib tashlash orqali hisoblanadi;
haydovchi tomonidan yil mobaynida (1 yanvardan 31 dekabrga qadar) berilgan 12 bal 0 va undan past bo‘lganda, haydovchi qo‘shimcha imtihondan o‘tkaziladi;
haydovchi qo‘shimcha imtihondan o‘tgan taqdirda, yil yakuniga unga bir marotaba qo‘shimcha 3 ball beriladi;
yil yakuniga qadar berilgan ball sarflagan, shuningdek qo‘shimcha imtihonni topshira olmagan, haydovchilar sud tomonidan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi;
milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga beriladigan 12 ball faqat bir yil mobaynida, ya'ni yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar bo‘lgan davriga qadar amal qiladi hamda saqlanib qolgan ballning keyingi yilga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
istisno tariqasida, yil mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga, rag‘batlantirish tariqasida, keyingi yil uchun imtiyozli 6 ball beriladi (qo‘shimcha 6 ball faqat yil yakuni bo‘yicha yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga berilib, faqat bir yilning natijasiga ko‘ra keyingi yilda beriladigan 12 ballga qo‘shiladi);
yil mobaynida milliy haydovchilik guvohnomasiga ega fuqarolarning yo‘l harakati qoidalarini jarima balli asosida baholash yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash borasidagi qo‘shimcha chora hisoblanib, haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun 12 balldan ayrilgan jarima ballari yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun haydovchini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asosiy jazo (jarima)dan ozod etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda jarima ballari sarf qilib bo‘lgan haydovchilardan yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihon topshirishda to‘lanadigan to‘lovlar ichki ishlar vazirligining byudjyetdan tashqari mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2019 yilning 1 iyunigacha:
a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda milliy haydovchilik guvohnomasi ega bo‘lgan fuqarolarga elektron shaklda 12 ball berish va haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganda ularni ayirib tashlashning elektron tartibini joriy etishga yo‘naltirilgan amaliy chora-tadbirlar ko‘radi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan taklif kiritadi;
Yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni jarima ball asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, talablar huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi har yil, ya'ni 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida oldindan beriladigan 12 ball asosida baholab boriladi.
Haydovchilarga beriladigan ballarning saqlanib qolgan miqdorini keyingi yilga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Haydovchilarga har yilning 1 yanvaridan 12 ball beriladi.
Yo‘l harakatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haydovchilardan tegishli mezon asosida ballar ayirib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballari DYHXXning ma'muriy amaliyot bo‘limlari tomonidan hisoblab boriladi.
Haydovchining 12 ballidan 8 va undan ortiq ballga teng qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda, bu haqda haydovchiga xabarnoma yuboriladi.
Haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilganlik holatiga e'tiroz bildirilgan hamda ish ko‘rib chiqish uchun ma'muriy sudga yuborilganda, jarima ballari sudning yakuniy qaroriga asosan hisoblanadi.
Yil yakuniga qadar yo‘l harakati qoidalarini buzgan hamda 12 ballni sarflagan 0 va undan past ballga ega haydovchilar DYHXX yo‘l harakati qoidalari yuzasidan qayta imtihondan o‘tkaziladi.
Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan haydovchilarga yil yakuniga qadar qo‘shimcha 3 ball beriladi.
Yilning oxirgi kunida, ya'ni 31 dekabrda 12 va undan ortiq ballga teng qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalari yuzasidan imtihonlar keyingi yilda muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda ularga keyingi yil uchun 12 ball beriladi.
Yo‘l harakati qoidalari yuzasidan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan haydovchilarning keyingi yilda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati sud tomonidan belgilanadi.
Imtihonlarni topshira olmagan, shuningdek yilning yakuniga qadar qo‘shimcha 3 ball va undan ortiq ballga teng huquqbuzarlik sodir etgan haydovchilarni yil yakuniga qadar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish masalasini hal etish uchun hujjatlar ma'muriy sudlarga yuboriladi.
Ma'muriy sudlar tomonidan jarima ballari asosida yo‘l harakati qoidalari buzilgan yilning yakuniga yoki sud tomonidan belgilangan muddatga haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgandan so‘ng, haydovchi DYHXX organlarida yo‘l harakati qoidalari yuzasidan imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, avtomototransport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lganidan so‘ng, unga yil uchun 12 ball beriladi.
Ma'muriy sudlar tomonidan belgilangan haydovchilik huquqini mahrum qilish yuzasidan chiqarilgan qarorning muddati hamda haydovchilar psixolog va shifokor ko‘rigidan o‘tganidan keyin yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihonlariga qo‘yiladi va ular imtihonni muvaffaqiyatli topshirganidan so‘ng keyingi yil uchun 12 ball beriladi.
Mavzuga oid
13:13 / 15.04.2026
Oltita qurilish kompaniyasi reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi
08:54 / 14.04.2026
Dala chetlarida ekin ekmaganlarga jarima va oshirilgan soliq qo‘llanadi
09:58 / 08.04.2026
Xorazmda haykalni o‘pgan ayol jarimaga tortildi
13:16 / 26.03.2026