Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltita qurilish kompaniyasi reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi
Bir qator qurilish kompaniyalari:“Humo Avenue”, “Story Dom Siyob”, “Aziya Makon City”, “Aziza Credo Max”, “Shoxsaroy Enter Group” va “Qorasuv Avenue” jarimaga tortildi. Bunga elektron ro‘yxatga kiritilmagan turar joy majmualarining ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinayotganligi sabab bo‘lgan.
Foto: Kun.uz
Bir qator qurilish kompaniyalari reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun moliyaviy jarimaga tortildi, deya xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.
Olib borilgan o‘rganishlarda “Humo Avenue” MChJ, “Story Dom Siyob” MChJ, “Aziya Makon City” MChJ, “Aziza Credo Max” MChJ, “Shoxsaroy Enter Group” MChJ va “Qorasuv Avenue” MChJ qurilish korxonalarining qurilish majmualari elektron ro‘yxatga kiritilmaganligi, biroq ushbu turar joy majmualari ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinayotganligi aniqlangan.
2020 yildagi prezident qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, quruvchilar turar joy majmualarini Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxatiga kiritmasdan turib reklama qilishi taqiqlanadi.
“Yuqoridagilarga asosan, qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Humo Avenue” MChJ, “Story Dom Siyob” MChJ, “Aziya Makon City” MChJ, “Aziza Credo Max” MChJ, “Shoxsaroy Enter Group” MChJ va “Qorasuv Avenue” MChJlar qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan deb topilib, ularga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qonunbuzilishi holatini to‘xtatish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi” deyiladi qo‘mita xabarida.
Mavzuga oid
07:18
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
20:40 / 04.05.2026
96 ming so‘mlik harakat uchun 140 mlrd so‘m jarima - mutaxassis tadbirkorlarni bankrot holatiga olib kelayotgan markirovka jarimalari haqida
10:38 / 21.04.2026
Noqonuniy lazerli qurilmalar uchun jarima va musodara belgilandi
12:47 / 20.04.2026