Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank 11 ta tijorat bankini jarimaga tortdi
Faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etmagani, shuningdek inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab 11 ta bank jarimaga tortildi. Shuningdek, 14 bank va 4 ta to‘lov tashkiloti ogohlantirildi.
Foto: Kun.uz
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2026 yilning fevral oyidagi yig‘ilishlarda 43 ta masala ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi, deya xabar berdi regulyator axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘rib chiqilgan masalalarning 30 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, 3 ta holatda kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 1 ta kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish, 6 ta banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish, 5 ta mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish, 1 ta to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish, shuningdek, 14 ta tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.
Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir 13 ta masala ham ko‘rib chiqilgan. Ularda Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, bank va to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik talablariga rioya etish hamda tashkilotlarning moliyaviy xizmatlarini «tartibga solish qumdoni» doirasida sinovdan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etmagani, shuningdek inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab 11 ta bank jarimaga tortildi.
14 bank va 4 ta to‘lov tashkiloti prudensial normativ talablarga rioya etilmaganligi, o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun ogohlantirildi.
Bundan tashqari, 8 ta bank bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarning moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sirini kamaytirish va makroprudensial buferlar shakllantirishni ta’minlash maqsadida aksiyadorlarga oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lash orqali foydani taqsimlamaslik talabi belgilandi.
Mavzuga oid
20:42 / 25.03.2026
500 dollargacha naqd valutani bankka pasport taqdim etmasdan olishga ruxsat berilishi mumkin
20:18 / 25.03.2026
O‘zbekistonda 2030 yilgacha ikkita islomiy bank ochilishi ma’lum qilindi
18:22 / 21.03.2026
Markaziy bank so‘rovnomasi: o‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishgan
17:35 / 18.03.2026