Kim Chen Inning Tramp bilan uchrashish bo‘yicha taklifi samimiymi?
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli so‘zlariga ko‘ra, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning mamlakat prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish bo‘yicha taklifi samimiy bo‘lganini aniq bilmaydi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili saytida xabar beriladi.
«Prezident Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi haqidagi xabarlar – bu tarixiy imkoniyat, u butun dunyo uchun juda katta salohiyatga ega. Garchi Kim Chen Inning uchrashuv haqidagi taklifi samimiy bo‘lgan, deb ayta olmasak ham, shuni aniq tushunishimiz lozimki, bu tarixiy uchrashuv Shimoliy Koreyaga maksimal bosim o‘tkazish bo‘yicha kampaniyada xalqaro hamjamiyat ishtirok etgani tufayli ro‘y berishi mumkin. Bu Tramp ma'muriyati tashabbusi edi, hamda KXDRni 2017 yilda qabul qilingan – BMTning uchta kuchli sanksiya rezolyutsiyasi orqali javobgarlikka tortish bo‘yicha qat'iylik ham katta rol o‘ynadi», - deya aytib o‘tdi Heyli.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh KXDRga maksimal bosim o‘tkazish siyosatini davom ettirishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
23:22 / 17.10.2024
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi
21:47 / 06.10.2024