Qashqadaryodagi GTL zavodida ishchilar ommaviy tartibsizlik keltirib chiqardi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi GTL zavodining yuzlab ishchilari ishtirokida ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelgani tasvirlangan videolar tarqaldi.
Videolarda xizmat kiyimidagi yuzlab ishchilar zavod hududi bo‘ylab harakatlanishi, noroziliklarini turli shakllarda ifoda qilishini ko‘rish mumkin.
Videolardan birida zavod hududida yong‘in chiqqani va osmonga qora tutun ko‘tarilgani aks etgan.
«Enter Engineering Pte.Ltd.» kompaniyasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, hodisa 21 oktabr kuni ertalab, ishchilar uchun mo‘ljallangan oshxonadagi monoblok tizimidagi (elektron kirish tizimi) texnik nosozlik tufayli sodir bo‘lgan, oqibatda ular kundalik ovqatlanishga kira olmagan. Bu esa katta norozilik keltirib chiqargan.
Kun.uz muxbiri hodisa tafsilotlarini o‘rganish uchun voqea joyiga yo‘l olgan.
Mavzuga oid
14:13 / 11.11.2024
Enter Engineering xodimlari bir necha oydan buyon maoshsiz ishlayotganini aytmoqda
18:04 / 06.11.2024
Taxtiqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor
18:06 / 17.10.2024
Qashqadaryoda sudya yordamchisi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi ustidan shu sudga da’vo kiritdi
21:53 / 26.09.2024