Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida FVV ofitseri daryoga tuşib ketgan 9 yoşli bolani qutqarib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa 23 may kuni taxminan soat 17:00 larda tumanning Boğbon mahallasida sodir bölgan. 9 yoşli bola velosiped minib ketayotganda muvozanatini yöqotib, Qaşqadaryo daryosiga tuşib ketgan.

Bolaning akasi atrofdagilarni yordamga çaqirgan. Şu vaqt daryo yaqinida yaşovçi FVV xodimi – mayor Husniddin Şarapov bolalarning ovozini eşitib qolgan va zudlik bilan suvga sakrab, bolani qutqarib qolgan.

Hozirda bolaning ahvoli yaxşiligi aytilgan.

Ma’lumot uçun, mayor Husniddin Şarapov Kitob tumanidagi qutqaruv qismlaridan birida guruh komandiri lavozimida xizmat qiladi.