Qaşqadaryo viloyatining Kökdala tumanida ikkita Nexia va bitta «KamAZ» yuk maşinasi iştirokida YTH sodir böldi.

Viloyat YHXB matbuot xizmati ma’lum qilişiça, hodisa 24 may kuni soat 14:20 larda Qarşi-Yettitom yönalişi D-150 avtomobil yölida sodir bölgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ikkita avtomobil ayançli holatga kelgani, yuk maşinasi esa ağdarilib ketganini köriş mumkin.

Hodisa oqibatida Nexia-2 avtomaşinasi yölovçisi tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan, qolgan haydovçi va yölovçilarga heç qanday zarar yetmagan.

Olib borilgan dastlabki suriştiruv harakatlari mobaynida Nexia avtomaşinasi transport vositalarini notöğri quvib ötişi natijasida uşbu yöl-transport hodisasi sodir etilgan aniqlangan.

YTH Qaşqadaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan qonuniy rasmiylaştirilgan.