Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga boshliq tayinlandi
A'zamjon Sarabekov 2018 yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
A'zamjon Sarabekov
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan A'zamjon Abduqodirovich Sarabekov Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
A. Sarabekov 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2008 yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr, 2010 yilda magistratura bosqichini, 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U mehnat faoliyatini 2003 yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta'minlash markazida yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2003 yildan 2020 yilga qadar Adliya vazirligi va uning tizimlarida turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
A. Sarabekov 2018 yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma'lumot uchun: Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga ko‘ra Navoiy viloyat yuridik texnikumi direktori hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
10:03 / 28.04.2026