Jahon | 07:53 / 28.07.2025
1995
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi

Chet elliklarni «gumanitar sabablarga ko‘ra» qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi. Yangi arizalar qabul qilinmaydi, vizalar berilmaydi, deya javob berdi Germaniya Ichki ishlar vazirligi DW so‘roviga. Nemis rasmiylari hozirda qaysi dasturlarni qisqartirishni muhokama qilmoqda.

Foto: Anna Tolipova/picture alliance

Germaniya Ichki ishlar vazirligi Rossiya va Belarus fuqarolariga gumanitar vizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi. DW so‘roviga javoban IIV vakili koalitsiya kelishuvida Germaniyaning yangi hukmron partiyalari xorijliklarni qabul qilish bo‘yicha maxsus dasturlarni qisqartirishga va’da berganini tushuntirdi.

Ulardan biri «gumanitar sabablarga ko‘ra» arizalar bilan bog‘liq. Mamlakatda bo‘lish to‘g‘risidagi qonunning (Aufenthalsgesetz) 22-moddasiga asoslangan band mavjud bo‘lib, u «urushga qarshi faoliyat, demokratiya va inson huquqlarini targ‘ib qilish yoki Rossiya, Eron yoki Belarusdagi rejimni tanqid qilish tufayli muayyan xavfga duchor bo‘lgan shaxslarga» tezlashtirilgan vizalar berilishini nazarda tutadi.

Javobdan ko‘rinib turibdiki, Germaniyaning yangi rasmiylari hozirda qaysi dasturlarni va qaysi biri qisqartirilishini muhokama qilmoqda. Ushbu muhokamalar chog‘ida «insonparvarlik sabablarga ko‘ra» xorijliklarni qabul qilish to‘xtatildi, deyiladi IIV xabarida. «Yangi arizalar qabul qilinmaydi, vizalar berilmaydi», — deyiladi idora javobida.

Idora vakili yangi qoidalar Germaniyaga gumanitar vizalar bilan kelganlarga ta’sir qilmasligini ta’kidladi. Ularning yashash uchun ruxsatnomalari «yashash to‘g‘risidagi qonunning umumiy qoidalariga muvofiq» uzaytiriladi. Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, 22.2-bandga binoan Germaniyaga kirish uchun 2490 ta ruxsatnoma berilganligini va 2022 yil may oyidan boshlab Germaniyaga gumanitar vizalar o‘z vatanida siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilish xavfi ostida bo‘lgan 2600 ga yaqin rossiyaliklar tomonidan olinganini aytdi.

Mavzuga oid