Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Polşa va Fransiyadagi hamkasblari bilan birga Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini beriş zarurligini tasdiqladi. Uning aytişiça, bunday kafolatlar tinçlikni uzoq muddatga ta’minlaş uçun hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Vadeful bu haqda 7 yanvar, çorşanba kuni Parijda “Veymar uçburçagi” formatida Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro va Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy bilan ötkazilgan maslahatlaşuvlar yakunlari böyiça bildirdi.
Yoxann Vadeful ta’kidlaşiça, endilikda nafaqat jiddiy muzokaralar, balki Rossiyaga bosimni kuçaytiriş vaqti ham keldi. Uning sözlariga köra, Ukraina nafaqat öt oçişni töxtatişga, balki “jiddiy, mazmunli muzokaralar”ga ham tayyor. Endi, dedi Germaniya vaziri, navbatdagi qadamni Rossiya qöyişi kerak.
Öz navbatida, Barro “köngillilar koalitsiyasi” (coalition of the willing) uçraşuviga izoh berib, ilk bor 30 tadan ortiq davlat “barqaror tinçlikka erişiş va yangi hujumlarni tiyib turiş” uçun özaro harbiy rejalaştirişni kelişib olganini aytdi. U buni “tarixiy buriliş nuqtasi” deb atadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa avvalroq yevropalik ittifoqçilar tomonidan aniq majburiyatlar yöqligidan norozilik bildirgan. “Men oddiy javob olişni istardim: ha, agar yana hujum bölsa, barça şeriklar Rossiyaga qat’iy javob beradi. Hozirgaça men aniq, bir ma’noli javob olganim yöq”, — dedi Zelenskiy. Şu bilan birga, u Ukraina şeriklarida xavfsizlik kafolatlarini yaratişga “siyosiy iroda” borligini qayd etdi va bunday qarorlar hali milliy parlamentlar hamda AQŞ Kongressi tomonidan tasdiqlanişi kerakligini qöşimça qildi.
Bu orada Ukraina va AQŞ vakillari Parijda ehtimoliy öt oçişni töxtatiş şartlari yuzasidan muzokaralarni davom ettirdi. Zelenskiyning sözlariga köra, muhokamalar Zaporijjya atom elektr stansiyasi va Rossiyaning hududlarni topşiriş talabi masalalarini qamrab olgan. Bu — ikki kun içida Amerika tomoni bilan muzokaralarning uçinçi raundi. Ukraina prezidenti Kiyev eng qiyin masalalardan ham qoçmayotganini va tinçlikka erişişga tösiq bölmasligini ta’kidladi.
Zelenskiy, şuningdek, endi şeriklarga boğliq ekanini aytdi: ular Rossiyaning uruşni yakunlaşga tayyorligini ta’minlay oladimi-yöqmi, şuningdek davlat va hukumat rahbarlari darajasida ehtimoliy uçraşuvlarni muhokama qila olişiga.
Parijdagi “köngillilar koalitsiyasi” uçraşuvida, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning sözlariga köra, iştirokçilar Ukrainada öt oçiş töxtatilgan taqdirda “işonçli” xavfsizlik kafolatlari böyiça kelişib olgan. AQŞ imzolamagan “Parij deklaratsiyasi”da ehtimoliy yaraşuvni Vaşington rahbarligida monitoring qiliş mexanizmi haqida aytilgan.
GFR kansleri Fridrix Mers Germaniya Ukraina uçun rejalaştirilayotgan xalqaro missiyada harbiy jihatdan iştirok etişini istisno qilmadi, ammo Ukrainaning öz hududida emas. Uning aytişiça, öt oçiş töxtatilgandan keyin Germaniya Ukraina bilan çegaradoş NATO davlatlari hududiga kuç yuborişi mumkin. Makronning sözlariga köra, Fransiya Ukrainaga “bir neça ming” harbiy xizmatçini yuborişga tayyor.
AQŞning maxsus elçisi Stiv Uitkoff, “köngillilar koalitsiyasi” uçraşuvida ilk bor şaxsan iştirok etib, xavfsizlik kafolatlarini rejalaştiriş “katta darajada yakunlangani”ni bildirdi. Şu bilan birga, u Rossiyaning hududiy talablari masalasi “ayniqsa tanqidiy” bölib qolayotganini ham tan oldi.












