Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi o‘zbeklar GM-Uzbekistan avtolari narxidan norozi
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasida mehnat qilib yurgan o‘zbekistonlik fuqarolar avtomobil narxining ko‘tarilishidan norozi bo‘lib, «GM-Uzbekistan» rahbariga video-murojaat yo‘llashdi.
Murojaatda bir yil mobaynida mashinaning narxi 20 million so‘mdan ko‘proq miqdorga oshganligi qoralangan.
Ma'lumot uchun: 30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov 1 avgustdan O‘zbekistonda GM Uzbekistan mashinalari narxi o‘rtacha 14 foizga oshishini e'lon qilgandi. Lekin ko‘p o‘tmay «O‘zavtosanoat» kompaniyasi o‘z saytida bayonot bilan chiqdi: «GM-Uzbekistan» AJ avtomobillariga narxlar hozircha o‘zgarmaydi».
Video murojaatnomada «GM-Uzbekistan» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomashinalarning O‘zbekistondagi narxi Rossiya va Qozog‘istondagi narxlar bilan solishtirilgan va qo‘shni davlatlarda mashina narxi qariyb ikki barobarga arzon ekanligi ta'kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili may oylarida ham avtomobillarning narxi ko‘tarilishi yuzasidan OAV orqali ma'lum qilingandi. 2017 yil 1 iyundan kompaniya o‘zi ishlab chiqaradigan mashinalar narxini oshirishni rejalashtirgani, narxlar 25–30 foizga oshishi taxmin qilinayotgani haqida xabar berilgan va narxlari ham e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
20:19 / 30.07.2018
1 avgustdan e'tiboran GM Uzbekistan avtomashinalariga belgilangan narxlar
12:13 / 08.07.2017
GM-Uzbekistan rahbari: Ravon brendi o‘rnida «Sarbon», «Karvon» ham bo‘lishi mumkin edi
22:14 / 06.07.2017
«Tez yordam» mashinalari «Damas»dan fransuz avtomobillariga almashtiriladi
17:31 / 06.07.2017