
Foto: Facebook/GM-Uzbekistan
GM-Uzbekistan boş direktori vazifasini bajaruvçi Rustam Rajabov jurnalistlar va blogerlar iştirokida Andijon viloyatiga uyuştirilgan infoturda xorijga eksport qilingan avtomaşinalar turli nuqsonlari tufayli içki bozorga qaytarib kelinayotgani haqiqatga töğri kelmasligini ta'kidladi.
Rustam Rajabov bunday holat kompaniya tarixida heç qaçon bölmagani, bu turli içki va taşqi kelişuv hamda qonunlarga zid ekanligini qayd etdi:
— Buning texnik tomondan imkoniyati yöq. Çunki zavodimizda işlab çiqarilayotgan har bir avtomobilga öziga xos kod beriladi. Agar u Yaqin Şarq davlati uçun işlab çiqarilayotgan bölsa unda Yaqin Şarq davlatlariga xos kodirovka böladi, uning sertifkatlanganligi va boşqa texnik parametrlari öşa davlatlarga xos böladi. Aytaylik, kuçaytirilgan sovutkiç, issiqqa çidamliroq plastik jihozlar. Kompaniya ma'lum bir mamlakat uçun möljallangan avtomobilni boşqa hududiy bozorda sota olmaydi. Oddiy hol: avvalo sertifikati töğri kelmaydi. Bu xatti-harakat uçun nazorat qiluvçi organlar bizni jarimaga tortişlari mumkin, — dedi kompaniya rahbari.
Sovuq ölkalarga, masalan Rossiya Federatsiyasiga jönatilayotgan avtomobillarda örindiqni isitiş funksiyasi mavjud. Içki bozorda bu funksiya unçalik maşhur emas, çunki iqlimiy şaroitlarga köra, u iste'molçilarga ortiqçalik qiladi va uning uçun qöşimça pul tölaşni istaşmaydi. Garçi özimiz uçun ham şunday avtomobillar işlab çiqariş imkoniyati kompaniyada mavjud bölsa-da. (Darvoqe, hozir xaridor GM-Uzbekistan avtomobilini özi istaganidek qöşimça jihozlar va rang bilan buyurtma qiliş imkoniyatiga ega bölgan, bunda faqat avtomobilning narxi oşadi va kutiş muddati 60 kundan 120 kunga çöziladi — tah.)
Rajabov eksport va içki avtobozor uçun işlab çiqarilayotgan avtomobillarning sifati mutlaqo bir xil ekanligini alohida ta'kidlab ötdi. Maşinalar faqat qöşimça optsiyalari bilangina farqlanadi, — dedi u.
— Içki bozorga maşinalar Chevrolet brendi ostida çiqarilişi, aytaylik, öşa Rossiyaga esa Daewoo brendi ostida sotilganini hamma biladi. Lekin içki bozorda ham Daewoo brendiga tegişli maşinalar paydo bölib qolgani va öşa maşinalarda Rossiyaga xos optsiyalar borligi xalq örtasida ana şunday miş-mişlar urçişiga sabab bölmoqda. Bunga sabab nima? (Kun.uz muxbiri Ş.Şokirjonovning savoli)


















