GM-Uzbekistan tasarrufidagi korxonalarga uyuştirilgan press-tur davomida korxona boş direktori vazifasini bajaruvçi Rustam Rajabov jurnalistlar va blogerlarning elektromobillar işlab çiqariş borasidagi savollariga javob berar ekan, jumladan, şunday dedi:

“Bunday avtomobillar işlab çiqariş tannarxi juda qimmatga tuşadi. Bu kabi avtomobillarni işlab çiqariş juda rivojlangan mamlakatlarda amalga oşirilmoqda”, - dedi Rustam Rajabov. - “Misol qilib aytadigan bölsak, Gollandiya 2025 yildan keyin içki yonuv dvigatelli avtomobillardan butunlay voz keçadi. Bunday talabga ularning turmuş tarzi, strukturasi va qöşimça imkoniyatlari javob beradi”.

Rustam Rajabovning ta'kidlaşiça, GM-Uzbekistan korxonasida bu yönalişda iş olib borilmayapti. Taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, korxonada alternativ yoqilğida, ya'ni gazda harakat qiluvçi avtomobillar ustida iş olib borilmoqda. Aniqroq aytiladigan bölsa, endi korxonaning özidan gazda yurişga ixtisoslaşgan avtomobillar işlab çiqariladi.

“Hozirgi, ya'ni benzinda yurişga möljallangan avtomobillarda gazda işlaşga qölbola usulda moslaştirilişi natijasida maşina motorining metallari jiddiy yemirilmoqda. Çunki benzin va gazning yoniş harorati bölakça, ularning motor metaliga ta'siri farqlanadi. Oqibatda 10 yilga kafolatlangan motor, 2–3 yilga borib işdan çiqmoqda. Biz mana şularni hisobga olgan holda, zavodning özida gazda yurişga ixtisoslaşgan avtomobillar işlab çiqarişni rejalaştirganmiz. Bunday avtomobillar çidamliroq motor bilan ta'minlanadi. Şuningdek, bunday maşinalarning orqa osmalari, amortizatorlari, prujinalari kuçaytiriladi”, dedi  Rustam Rajabov.