Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kursk oblastida ham ko‘prik quladi
Unda yuk poyezdi harakatlanayotgan bo‘lgan.
Foto: Aleksandr Xinshteyn / Reuters / Scanpix / LETA
1 iyunga o‘tar kechasi Kursk oblastida temiryo‘l ko‘prigi qulab tushdi, deb xabar berdi region gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn.
Favqulodda holat Jyeleznogorskiy rayoni hududida, Trosna-Kalinovka trassasining 48-kilometrida ro‘y bergan. Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, ko‘prik yuk lokomotiv harakati vaqtida qulagan, poyezdning bir qismi ko‘prik ostidagi avtomobil yo‘liga tushgan.
Natijada teplovoz yonib ketgan, yong‘in tezda bartaraf etilgan.
Teplovoz mashinistlari brigadasi shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan birining oyog‘i shikastlangan.
Ko‘prik ostidan o‘tgan avtomobil yo‘lida transport harakati to‘xtatilgan.
Ko‘prik qulashi sabablari o‘rganilmoqda, deya qo‘shimcha qilgan Xinshteyn.


31 may kuni kechqurun qo‘shni Bryansk oblastining Vigonichskiy rayonida avtomobil ko‘prigi quladi, bu vaqtda uning ostidan «Klimov — Moskva» yo‘lovchi poyezdi o‘tayotgandi. Hodisa vaqtida ko‘prikdan yuk mashinasi harakatlangan. Natijada lokomotiv va to‘rt vagon relsdan chiqib ketgan. Yetti kishi halok bo‘lib, yana 66 kishi jabrlangan. Jarohatlanganlardan 47 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ulardan uch nafari, jumladan, bir bola og‘ir ahvolda qolmoqda.
Mavzuga oid
20:02 / 05.11.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga yana besh ming askar yubordi
17:35 / 16.07.2025
NYT Kursk oblastida okkupatsiyadan keyingi hayot haqida reportaj tayyorladi
21:16 / 08.07.2025
Starovoyt o‘zini o‘ldirishi Kurskda mudofaa inshootlari qurilishidagi o‘g‘irliklar bilan bog‘lanmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum?
18:31 / 07.07.2025