The New York Times gazetasi 12 iyul kuni Kursk oblastining 2024 yil avgustidan 2025 yil martiga qadar ukrain armiyasi tomonidan işğol qilingan qismidan reportaj tayyorladi. «Ölim manzarasi: Ukraina Rossiyaga bostirib kirgan joydan nimalar qoldi» sarlavhali material jurnalist Nanna Haytmann muallifligida yozilgan. Bu ğarb mediasida frontning Rossiya tomonidan reportaj e’lon qilinişi bilan boğliq kamyob misoldir. Maqola Ukraina hukumati vakillarining ğazabini keltirdi, ular Haytmann Rossiya propagandasini qöllaydi deb hisoblamoqda. The New York Times (Amerikadagi liberal naşr)da e’lon qilingan reportajni çeçenlarning «Axmat» bölinmasi komandiri Apti Alaudinov maqtadi.

Nanna Haytmann — nemis jurnalisti, Magnum fotograflar kooperativi a’zosi, Yoqutistondagi örmon yonğinlari fotosuratlari uçun 2022 yilgi World Press Photo mukofoti laureati hamda Putin davrida ösgan rossiyalik yoşlar haqidagi davomli fotosuratlar uçun 2024 yilgi Pulitser mukofoti finalçisi. U Moskvada yaşab, ijod qiladi.

The New York Times gazetasida Haytmanning uruş davridagi Rossiya hayoti töğrisidagi materiallari (masalan, Xitoy modasi hamda uruşdan qaytgan askarlar reabilitatsiyasi haqida) oldin ham e’lon qilingan. Şuningdek, Haytmann Suriya va Tojikiston töğrisida materiallar çiqartirgan. Uning işlari Time, Le Monde, Stern va boşqa sifatli naşrlarda ham berilgan.

Haytmann Kursk oblastiga 2025 yil martida, Sudja rayoni markazi ozod etilişi bilanoq kelgan. U bu şaharçada olti kunni ötkazgan.

Öz reportajida Haytmann vayron bölgan uylar, kömilmagan jasadlar, hamma yoqda soçilib yotgan va portlamay qolgan öq-dorilar, öqlar ilma-teşik qilgan maşinalar, öq va portlaş ovozlari, çirişdan çiqayotgan hidlarni tasvirlaydi. U mahalliy aholi özining oğir ahvolga tuşib qolgani uçun nafaqat ukrain armiyasi, balki Rossiya hukumatini ham ayblaydi.

Mahalliy aholi vakili Oksana Lobodova jurnalistga öz singlisi okkupatsiya ostida yaşaşni istamasdan Çerkasskoye Poreçnoye qişloğidan Kursk şahriga ketgani, onasi esa qöşni Russko Poreçnoye qişloğida qolganini aytadi. Keyinroq onaning jasadi uy hovlisidan topilgan — rasmiy ma’lumotga köra, u oskolka tegişidan halok bölgan. Ayol 68 yoşda bölgan. «Odamlar omon qolişining qandaydir yöli bormidi? Yetti oy davomida sovuq kunlarda suvsiz, yegulik, dori-darmon va elektrsiz yaşaşga töğri kelgan. Bemor pensionerlar. Ularni öldirişdimi yoki özlari ölişdimi, buning nima farqi bor? Ularni şunçaki öz holiga taşlab qöyişgan», — deya Lobodovaning sözlarini keltirgan Haytmann.