53 yoşli Starovoytning öqotar quroldan olingan jarohatlar bölgan jasadi duşanba kuni Odinsovo şahar okrugi hududida topildi, deb xabar bermoqda Tergov qömitasi.

«Rossiya Tergov qömitasi Boş tergov boşqarmasining Moskva oblasti böyiça tergov organlari voqea joyida işlamoqda, hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda. Asosiy versiya – öz joniga qasd qiliş», – deyiladi vazirlik bayonotida.

Avvalroq, duşanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Starovoytni Rossiya Transport vazirligi rahbari lavozimidan iste’foga çiqariş töğrisidagi farmonni imzolagan edi. Hujjatda amaldorning işdan böşatilişi sabablari haqida formulirovka yöq edi.

Starovoyt bir yildan sal köproq vaqt – 2024 yil may oyidan beri vazir lavozimida işlagan. Bungaça u beş yildan ortiq vaqt davomida Kursk oblasti gubernatori bölgan.

Starovoytdan keyin gubernator vazifasini vaqtinça Aleksey Smirnov bajardi, u bungaça region hukumati raisi bölib işlagan. Gubernator lavozimida u bir yil ham işlamadi – dekabr oyida iste’foga çiqdi va 2025 yil aprel oyida hibsga olindi.

Smirnov Ukraina bilan çegarada mudofaa inşootlari qurilişi uçun «Kursk oblastini rivojlantiriş korporatsiyasi»ga ajratilgan mablağlardan 1 mlrd rublni öğirlaşda gumonlangan.

«Interfaks» 2022-2023 yillarda federal budjetdan Kursk oblasti hukumatiga «mamlakatni Ukraina harbiy tajovuzidan himoya qiliş maqsadida himoya inşootlari (blindajlar, öt oçiş nuqtalari, tayanç punktlari, tankka qarşi piramidalar va xandaqlar) quriş uçun» 19,4 milliard rubl ajratilgani haqida yozgan edi.

2024 yil avgust oyida, Smirnov Kursk oblastiga rahbarlik qilayotganida, regionning bir qismi, jumladan Sudja şahri (Sudja rayonining ma’muriy markazi) Ukraina qurolli kuçlari tomonidan egallab olingandi.

OAV va telegram-kanallar manbalarining ta’kidlaşiça, Starovoytga nisbatan ham jinoiy iş qözğatilgan bölişi mumkin. Xususan, «Kommersant» Smirnov göyoki sobiq vazirga qarşi körsatma bergani haqida yozgan.

RBK naşri ma’lumotlariga köra, Starovoytga nisbatan uning Kursk oblastidagi istehkomlar qurilişida öğirliklarga aloqadorligi böyiça tekşiruv ötkazilgan.

Forbes naşri tergov organlariga aloqador bölgan manbasiga tayanib, Starovoyt bir kundan köproq vaqt oldinroq – şanbadan yakşanbaga ötar keçasi vafot etgan bölişi mumkinligi haqida yozgan. RBK agentligining huquq-tartibot organlaridagi manbasi ham Starovoytning jasadi 5 iyul, şanba kuni topilgani töğrisida xabar bergan.