O‘zbekiston | 11:58 / 19.05.2024
21668
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Gentra ko‘prikdan quladi

Yashnobod tumanida Gentra avtomashinasi TAPOiCh ko‘prigidan pastga qulab tushdi. U Monza avtomobili bilan ham to‘qnashgan. Hodisa oqibatida haydovchi va 2 nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra avtomashinasi TAPOiCh ko‘prigidan pastga qulab tushgani aks etgan videolar tarqaldi.

Bu xabarlarda mashina uch qavatli ko‘prikning uchinchi qavatida yuqori tezlikda haraktlangani, so‘ngra boshqaruvni yo‘qotib, ko‘prik to‘sig‘ini sindirib o‘tgani va ikkinchi qavatga tushib ketgani ma’lum qilingan.

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 18 may kuni soat 22:40 atrofida 21 yoshli haydovchi D.M. boshqaruvidagi Lacetti (Gentra) 26 yoshli Sh.O. boshqaruvida bo‘lgan Monza bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv mashina ko‘prikdan qulashi oldi yoki keyin sodir bo‘lgani haqida aniq ma’lumot berilmagan.

YTH oqibatida Gentra haydovchisi va ikki yo‘lovchisi tan jarohatlari shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid