Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Test oson bo‘ldi, chunki hammasini tavakkal belgiladim” - abituriyentlar o‘rtasida kichik so‘rov
Shu kunlarda abituriyentlarning bilimi sinalyapti. Xo‘sh, talabalikka da’vogarlar qanchalik tavakkalga murojaat qilishmoqda? Maktabda olingan bilimning o‘zi yetarli bo‘lyaptimi yoki qo‘shimcha darslarsiz testdan o‘tish imkonsizmi? Kun.uz muxbiri Toshkent shahridagi “O'zekspomarkaz” majmuasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Biz so‘rovnoma davomida asosan aniq fanlar bo‘yicha test topshirgan abituriyentlar bilan suhbatlashdik. Ularning ko‘pi test javoblarining katta qismini tavakkal belgilaganini aytishdi. Respondentlarning fikricha, testda yuqori ball olish uchun maktabda yaxshi o‘qishning o‘zi kamlik qiladi: qo‘shimcha darslarga zarurat bor.
O‘qishga kira olmasangiz nima qilasiz? Bir nechta abituriyentlarga shu savolni berganimizda, xususiy universitetlar haqida o‘ylab ko‘rishini yoki qayta tayyorlanishini gapirdi.
“Menimcha, nodavlatda o‘qisam kerak. Chunki oldindan kirib qo‘yganman. Lekin uydagilarim xususiyga qo‘yishmaydi. Shuning uchun yana bir yil tayyorlanib chetga topshirganim yaxshiroq. Sababi o‘zlaridan o‘zlari yopib yuborishlari mumkin”, – deydi abituriyentlardan biri.
Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 10 kun davomida, 23 iyulga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
13:47 / 31.12.2025
Har yili 500 nafar iqtidorli yoshlar xorijdagi nufuzli oliygohlarga yuboriladi
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
17:20 / 01.11.2025
Ochiq budjetda rekord: “Mening maktabim” loyihasiga 112 mingta taklif kelib tushdi
18:16 / 31.10.2025