Strategiya loyihasiga muvofiq, yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş va ularning ilmiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş böyiça qator taşabbuslar nazarda tutilgan. Şulardan biri sifatida har yili 500 nafargaça iste’dodli yoşlar va iqtidorli mutaxassislarni xorijning nufuzli oliygohlariga öqişga yuboriş rejalaştirilgan.

Loyihada mazkur taşabbus kadrlar tayyorlaş sifatini oşiriş, zamonaviy bilim va könikmalarni şakllantiriş, şuningdek, yoşlarning global ta’lim va ilmiy muhitga integratsiyasini kuçaytirişga qaratilgani ta’kidlangan. Xorijda tahsil oliş imkoniyati orqali yönalişlar böyiça ilğor tajribalarni özlaştiriş, ilmiy maktablar bilan hamkorlikni kengaytiriş va keyinçalik bu bilimlarni mamlakat taraqqiyotiga tatbiq etiş közda tutiladi.

Strategiya loyihasida yoşlar salohiyatini rivojlantirişning boşqa maqsadlari ham qayd etilgan. Jumladan, 350 ming nafar yoşning intellektual salohiyatini oşiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, yoşlarni zamonaviy kasblar va çet tillariga öqitiş tizimini yaratiş doirasida til örganişni qöllab-quvvatlaş dasturlari ham kengaytirilişi közda tutilgan.

Loyihada belgilangan mazkur çoralar iqtidorli yoşlarni rağbatlantiriş, ilm-fan va ta’lim sifatiga investitsiya kiritiş, hamda kelajakda raqobatbardoş mutaxassislar korpusini şakllantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.