Jamiyat | 10:37 / 25.07.2018
13420
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxdagi kanalda ikki nafar bola cho‘kib ketdi

Illyustrativ foto

23 iyul kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida yashaganlar   12-sonli o‘rta maktabning 6-sinf o‘quvchisi R.X. va ukasi shu maktabning 3-sinf o‘quvchisi I.X.lar shu MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Sarkisov” kanalida cho‘milayotib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida R.X.ning jasadi Zafarobod tumani “Birlik” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “YuR-24” kanalidan topilgan.

«Hurmatli fuqarolar, farzandingiz va yaqinlaringizni cho‘milish tavsiya qilinmagan joylarga yubormang. Agarda maxsus cho‘milish havzalariga bormoqchi bo‘lsa, ularni nazoratsiz qoldirmang! Hushyor bo‘ling!» - deyiladi IIV xabarida.

Mavzuga oid