Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda o‘quvchisini darvoza bosib qolgan maktab mutasaddilariga chora ko‘riladi
Foto:RFE/RL
Samarqand shahri Panjob mahallasi hududida joylashgan 71-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi, 12 yoshli Jonibek Hamroqulov maktabga kelayotganida ro‘y bergan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan.
Samarqand shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi mutassadilaridan birining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, voqea 4 may kuni birinchi smenada darslar tugagandan so‘ng, kunduzi soat 12:45 atrofida ro‘y bergan.
Ikkinchi smenda o‘qiydigan J.Hamroqulov maktabning orqa tomonidagi devorga o‘rnatilgan va qulflangan maktabning zaxira darvozasidan maktabga oshib o‘tish maqsadida unga osilganida darvoza tayanchlari qo‘zg‘alib, metall gardish uning boshiga kelib urilgan. Shahar xalq ta'limi bo‘limi mutasaddisining ta'kidlashicha, J.Hamroqulov RShTYoIM Samarqand filialiga olib ketilayotganida «tez yordam» mashinasi ichida hayotdan ko‘z yumgan.
Shahar xalq ta'limi bo‘limidagi mutasaddining Kun.uz’ga bildirishicha, surishtiruv natijasida bir o‘quvchining o‘limiga sabab bo‘lgan nosozlikka yo‘l qo‘ygani uchun 71-maktab direktori va xo‘jalik ishlari mudiri o‘z vazifasidan ozod qilinishi mumkin.
71-maktabning orqa qismida joylashgan nosoz darvozasi butunlay olib tashlangan va uning o‘rniga g‘isht terilgan.
Voqea yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:42 / 19.02.2026
Samarqand aeroporti Yevropa va Markaziy Osiyoda eng tez rivojlanayotgan deb topildi
17:51 / 19.02.2026
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Samarqand viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
08:21 / 19.02.2026
Samarqandda zamonaviy dor yo‘li qurilishi boshlandi
08:51 / 18.02.2026