O‘zbekiston | 15:24 / 19.02.2026
3854
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi

Davlat dasturiga asosan, fuqarolarga ularning nomiga nechta bank kartasi va nechta SIM-karta rasmiylashtirilganini YaIDXP orqali ko‘rish va bu kartalarni yopish bo‘yicha bevosita portal (ilova)ning o‘zida ariza berish imkoniyati yaratiladi. Bu xizmat 2026 yil dekabr oyida ishga tushishi kerak. Topshiriq ijrosi uchun mas’ul – Raqamlashtirish vazirligi.

O‘zbekistonliklar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali o‘zining nomiga nechta bank kartasi va nechta SIM-karta rasmiylashtirilganini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Bunday xizmatni ishga tushirish 2026 yil dekabr oyiga reja qilingan.

Bu xizmat doirasida, zarur hollarda bank kartalari va telefon raqamlarni bevosita YaIDXP orqali yopish uchun ariza yuborish imkoniyati ham bo‘ladi.

2026 yilgi davlat dasturida belgilangan bu vazifa ijrosi uchun Raqamlashtirish vazirligi mas’ul.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid