Özbekistondagi bir qator banklar va tölov taşkilotlari mobil ilovalar orqali P2P ötkazmalarni amalga oşirişda ötkazma maqsadini majburiy ravişda körsatiş talabini joriy etdi.

Ötkazma yuboruvçiga mablağ yuborişda 16 ta toifadan birini tanlaş taklif qilinadi:

  • Tovar yoki savdo uçun tölov;
  • Ovqatlaniş va taom xarajatlari;
  • Qarzni qaytariş;
  • Yordam puli;
  • Oila yoki qarindoşlarga ötkazma;
  • Sovğa;
  • Yetkazib beriş haqi;
  • Ijara tölovi;
  • Kommunal tölovlar;
  • Safar xarajatlari;
  • Ta’lim xarajatlari;
  • Tibbiy xarajatlar;
  • Xayriya;
  • Minnatdorçilik uçun (çoypuli);
  • Öyin-kulgi xarajatlari;
  • Investitsiya ötkazmalari.

Markaziy bank axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, pul ötkazmalarini amalga oşirişda aniqlaştiruvçi parametrlar joriy etilişiga oid yangilanişlar texnik xususiyatga ega bölib, servis işini takomillaştiriş va operatsiyalarning töğri qayta işlanişini ta’minlaşga qaratilgan.

“Foydalanuvçi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar mobil ilovaning standart işlaş jarayoni doirasida qayta işlanadi va uçinçi şaxslarga taqdim etilmaydi.

Foydalanuvçilardan ötkazmani tasdiqlaşdan oldin rekvizitlarni diqqat bilan tekşiriş, tasdiqlaş kodlarini uçinçi şaxslarga bermaslik hamda moliyaviy qarorlarni öylab, şoşilmasdan qabul qiliş tavsiya etiladi.

Markaziy bank banklar va tölov taşkilotlariga mobil ilovalar funksionalini takomillaştiriş böyiça tavsiyalar bergan. Uşbu tavsiya servisni rivojlantirişga qaratilgan tavsiyaviy yondaşuv hisoblanadi. Muhimi, heç qanday tölov yoki tranzaksiyalarga çeklov kiritilmaydi. Ötkazmalarni amalga oşiriş tartibi özgarmaydi.

Mazkur tavsiyalarni har bir bank va tölov taşkiloti mustaqil ravişda, öz mobil ilovasi arxitekturasi va içki jarayonlaridan kelib çiqib belgilaydi”, deyiladi MB axborot xizmati izohida.

Hozirça yuqoridagi tavsiya ayrim ilovalardagina joriy qilingan.