Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga kiritilishi mo‘ljallangan o‘zgartirishlar:
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi
415-I-sonli Qonuni 16-moddasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Farmatsevtika faoliyatining quyidagi yo‘nalishlari belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi:
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
dorivor o‘simlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish.
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya besh yil muddatga beriladi. Lisenziya faqat litsenziya da'vogarining arizasiga ko‘ra besh yildan kam muddatga berilishi mumkin. Lisenziyaning amal qilish muddati lisenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;
ushbu Qonunning ijro etilishini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
11:54 / 16.02.2026
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorati yangilanadi: operatorlar reyestri yuritiladi
14:35 / 12.02.2026
Ishsizlik nafaqasi: to‘lash shartlari va miqdori
10:50 / 10.02.2026
Temiryo‘l va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jarimalar belgilandi
17:19 / 05.02.2026