Yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Hujjatga köra, temiryöl transporti va metropolitenda harakat hamda taşiş xavfsizligi talablarini buzganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilandi. 

Qöşimçalarga muvofiq:

  • temiryöl transporti va metropolitenda harakat va taşiş xavfsizligi talablarini buzganlik uçun mansabdor şaxslar va xizmatçilarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima soliş nazarda tutiladi;
  • şuningdek, temiryöl va metropolitenda xavfsizlik buzilişi bilan boğliq hodisa yoki u haqdagi ma’lumotlarni qasddan yaşiriş ham mansabdor şaxslarga BHMning 10 baravari miqdorida jarimaga sabab bölişi belgilandi;
  • avtomobil transportida tegişli guvohnoma yonida bölmagan holda yölovçi taşiş, yöl haqi tariflarini oşiriş, muntazam yönaliş böyiça tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, tasdiqlangan yönaliş sxemasidan çetga çiqiş uçun BHMning 3 baravari miqdorida jarima qöllaş közda tutildi.