Qonunga muvofiq, işsizlik nafaqasi sönggi 5 yilda kamida 18 oy işlagan şaxslarga mehnat şartnomasi bekor qilinganidan söng 6 oy içida murojaat etilganda tayinlanadi.

Nafaqa oxirgi 18 oylik örtaça iş haqi hisobidan 3 oy davomida tölanadi.

Tölov miqdori quyidagiça:

▪️ 1-oyda — örtaça oylik iş haqining 75 foizi, biroq mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 3 baravaridan oşmagan holda;
▪️ 2- va 3-oylarda — örtaça oylik iş haqining 50 foizi, biroq mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 3 baravaridan oşmagan miqdorda.

Işsizlik nafaqasini takroran tayinlaş uçun avvalgi nafaqa muddati tugaganidan keyin qöşimça ravişda kamida 12 oylik iş staji talab etiladi.