Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FXX polkovnigi va “Kasperskiy”ning sobiq xodimi ko‘p yillik qamoq jazosi oldi
Foto: AGN "Moskva" / Aleksandr Avilov
Moskva okrug sudi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Axborot xavfsizligi markazining sobiq polkovnigi Sergey Mixaylovni davlatga xiyonat qilganlik uchun 22 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Ushbu ishning yana bir figuranti – “Laboratoriya Kasperskogo” kompaniyasi xodimi Ruslan Stoyanov esa 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Ma'lum qilinishicha, sudlanuvchilar xorijiy maxsus xizmatlarga axborot berganlikda ushlanganlar. Aynan qanday axborot berilgani oshkor qilinmagan.
Shuningdek, sud Mixaylovga 400 ming rubl jarima tayinlagan va harbiy unvonidan mahrum qilgan, Stoyanovga esa 150 ming rubllik jarima solingan va militsiya mayori unvonidan mahrum etilgan.
Sud qarori hozircha kuchga kirmagan va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Ushbu sud ishi “maxfiy” belgisi ostida o‘tgani sababli, sud jarayoni yopiq tartibda o‘tgan.
Mixaylov hibsga olingan vaqtda FXX Axborot xavfsizligi markazining bo‘limlaridan birini boshqargan, Stoyanov “Laboratoriya Kasperskogo”da kompyuter holatlarini tergov qilish bo‘limida ishlagan, 2006 yilgacha esa militsiyada faoliyat yuritgan.
“Kommersant” nashrining yozishicha, Mixaylov vositachilar orqali AQSh Federal qidiruvlar byurosiga Chronopay kompaniyasi asoschisi Pavel Vrublevskiy ishi bo‘yicha “tezkor-qidiruv ma'lumotlari”ni bergan. Vrublevskiy AQShda kiberjinoyatchi hisoblanadi. Axborot uchun 10 mln dollar va'da qilingan, biroq ayblanuvchilar natijada qancha pul olishgani noma'lum.
Mavzuga oid
11:42 / 05.09.2025
Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
19:07 / 30.06.2025
Sputnik agentligining Bokudagi ofisida Rossiya maxsus xizmatining ikki xodimi qo‘lga olindi
17:34 / 27.04.2025
FXX rossiyalik generalni portlatishda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi
13:53 / 19.04.2025