Özbekiston Axborot kodeksini qabul qiliş möljallanmoqda. Bu inson huquqlari böyiça Özbekistonning 2030 yilgaça bölgan milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça  “yöl xaritasi”da belgilangan.

Loyihada:

  • insonning axborot tarqatiş va axborot olişga doir huquq hamda erkinliklariga tegişli tuşunça va normalarni tizimlaştiriş;
  • raqamli axborot makonida inson huquq va erkinliklari buzilişida huquqiy himoyani kuçaytiriş közda tutilgan.

Qayd etilişiça, kodeks qabul qilinişi bilan insonning axborot oliş, undan foydalanişga oid huquqlarini, ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlaşga oid qonunçilik tizimlaştiriladi va takomillaşadi.

Saylov jarayonlarining şaffofligini ta’minlaş uçun zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etiladi.

Saylovçilar röyxatini elektron tarzda şakllantiriş va oçiq monitoring tizimini takomillaştiriş möljallangan.

E-saylov axborot tizimini modernizatsiya qiliş va takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiladi.