Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumanidagi Aviator majmuasida yong‘in chiqdi
1,5 soat davom etgan yong‘inni o‘chirishga bevosita FVVning yangi rahbari bosh-qosh bo‘ldi. Vazirlik jarohat olganlar yo‘qligini ma’lum qildi. Korzinka bayonotiga ko‘ra, supermarket bu binoning 1-qavatidan ijara huquqi asosida foydalanadi, yong‘in esa 2-qavatda, boshqa ijarachilar hududida boshlangan. (xabar yangilandi)
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan kadr
Toshkentning Yashnobod tumani Parkent ko‘chasida, Aviator savdo-ko‘ngilochar majmuasida yong‘in chiqdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in haqida poytaxt FVBBga 31 yanvar soat 15:47 da xabar kelib tushgan bo‘lib, soat 15:53 da qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va birinchi navbatda bino ichidagi hamma odamlar evakuatsiya qilingan. Tan jarohati olganlar aniqlanmagan.
“Yong‘in soat 16:50 da qurshab olinib, soat 17:17 da to‘liq bartaraf etilgan”, deyiladi FVV axborotida.

Yong‘inni bartaraf etish ishlariga favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov boshchilik qildi.


Hodisa ro‘y bergan binoda Aviator Korzinka supermarketi joylashgan. Supermarketlar tarmog‘ining ma’lum qilishicha, yong‘in o‘chog‘i binoning ikkinchi qavatida, boshqa ijarachilarning hududida aniqlangan.
"Aviator savdo markazining birinchi qavatida joylashgan Korzinka supermarketi ijara huquqi asosida faoliyat yuritadi, ushbu bino Korzinka'ga tegishli emas. Yong‘in Korzinka do‘koni hududidan tashqarida yuz berdi va supermarketning yong‘in kelib chiqishiga aloqasi yo‘q.
Yong‘in aniqlangach, darhol barcha ko‘zda tutilgan xavfsizlik choralari ko‘rildi. Mijozlar va do‘kon xodimlari tezlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirildi. Supermarket xodimlari va mijozlari orasida jabrlanganlar yo‘q”, – deyiladi Korzinka bayonotida.
Mavzuga oid
18:38 / 31.01.2026
Yashnoboddagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
14:59 / 31.01.2026
Hududiy tengsizlik tashvishli darajaga yetdi. Sabablar nima?
14:12 / 31.01.2026
Toshkent va Andijonda yer maydonlari bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi
13:40 / 31.01.2026