Toşkent şahrida yangi qurilayotgan “Rohat” turar joy majmuasi quriliş firmasining kredit qarzdorligi sabab auksion savdolariga çiqarildi. Bu haqda mazkur turar joy majmuasidan xonadon xarid qilgan fuqarolar Kun.uz’ga murojaat yölladi.
“Biz pul tölaganmiz”
Ma’lum bölişiça, 2022 yildan 2025 yilga qadar yuzlab xaridor Yaşnobod tumani Ohangrabo köçasida qurilayotgan turar joy majmuasidan xonadon sotib oliş maqsadida “Broccoli Plus” MÇJ bilan şartnoma imzolagan. Ular tuzilgan şartnomaga muvofiq uluş kiritiş asosida “dom”ning qurilişi uçun tölovlarni amalga oşirib kelişgan. Kimdir şartnoma böyiça belgilangan summanining asosiy qismini tölagan bölsa, yana kimdir tölovni töliq amalga oşirib bölgan.
Murojaatçilarga köra, şartnomaga muvofiq turar joy majmuasi 2024 yil 3-çoragida töliq qurib, topşirilişi kerak bölgan. Biroq köp qavatli uy bugungi kunga qadar foydalanişga topşirilmagan.
“Dom” auksionga qöyilgan”
Bugungi kunda turar joy majmuasi 63 mlrd 342 mln söm boşlanğiç narx bilan auksion savdolariga çiqarilgan. Bunga “Broccoli Plus” MÇJning kredit qarzdorligi sabab bölgan.

Fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudining 2025 yil 31 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga köra, bank va “Broccoli Plus” MÇJ örtasida 2022 yil 24 dekabrda kredit şartnomasi tuzilgan. Unga muvofiq bank MÇJga bir yillik imtiyozli davr bilan 2 yilga 5,5 mln dollar kredit ajratgan. Kredit ta’minoti sifatida esa murojaatçilar e’tiroziga sabab bölayotgan turar joy majmuasi ham qöyilgan.
Quriliş firmasi mazkur kredit şartnomasi şartlarini bajarmagan. Oqibatda qarzdorlik yuzaga kelgan. Şu sababli, Savdo-sanoat palatasi bank manfaatlarini közlab, sudga da’vo arizasi kiritgan. Sudning hal qiluv qarori bilan kredit qarzdorligini undiriş, undiruvni garov mulkiga qaratiş haqida da’vo arizasi qanoatlantirilgan. Söngra, turar joy majmuasi auksion savdolariga çiqarilgan.
Endilikda turar joy majmuasi qurilişida uluşdor sifatida pul tölagan xaridorlar obekt auksionda sotilib, boşqa investor yoki quriliş taşkilotiga ötib ketsa, xonadonlar özga şaxslarga sotib yuborilişi xavfi yuzaga kelganidan xavotirda.
“Masala hal böladi”
Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida quriliş firmasi vakili bilan boğlandi. Uning bildirişiça, uşbu masala yaqin kunlarda töliq hal böladi.












