Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonun loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish majburiy bo‘ldi
Endilikda qonun loyihalari parlamentga kiritilayotganda loyihaning huquqiy ekspertizasi, korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari ham taqdim etilishi kerak. Qonun kuchga kirganidan 5 yil o‘tgach, kutilgan natijalarga erishilgani yoki yo‘qligi baholanishi mumkin.
O‘zbekiston prezidenti bugun, 10 aprel kuni imzolagan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, endilikda qonun loyihalarini parlamentga kiritishda quyidagilar ham loyiha bilan birga taqdim etilishi kerak:
- loyihaning huquqiy ekspertizasi natijalari;
- loyihaning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari;
- loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari.
Qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga o‘zi kiritgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taklif kiritish orqali uni chaqirib olish huquqi berilmoqda.
Endilikda qonunlar kuchga kirgan kundan e’tiboran 5 yil o‘tgach, mas’ul davlat organlarining va Oliy Majlis palatalari qo‘mitalarining tashabbusiga ko‘ra, qonunning samaradorligini, unda belgilangan maqsadga va kutilayotgan natijalarga erishilganini aniqlash uchun qonunning tartibga solish ta’siri baholashdan o‘tkazilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:42
Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi Mahmud Xolbo‘tayev 11 yilga qamaldi
15:55 / 24.02.2026
Qibray tumani hokimi yordamchisi 10 ming dollar bilan ushlandi
09:01 / 22.02.2026
Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha jamoatchilikka murojaat qildi
16:44 / 21.02.2026