Özbekiston hukumati Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq bölim boşliği Azizbek Toştemirovni xalqaro qidiruvga berdi.

Interpol rasmiy saytida uning qidiruvda ekani haqida “qizil bildirişnoma” joylangan.

Qidiruv kartoçkasida körsatilişiça, 35 yoşli Toştemirov firibgarlikda ayblanmoqda.

Azizbek Toştemirov ismi Kun.uz'ning 2023 yilgi suriştiruvlaridan birida tilga olingan edi. Videotasvirlarda körinişiça, u Koreyaga işlaş uçun boriş istagidagi özbekistonliklarni saralab oliş jarayonida öz tanişlarini boşqalarning örniga imtihonga kiritgan bölişi mumkin.

Bugun, 14 may kuni Boş prokuratura huzuridagi Departament Migratsiya agentligining sobiq mansabdorlari bilan boğliq guruh foş etilgani haqida xabar berdi. Aniqlanişiça, Koreyaga işga yuboriş uçun rasmiy tölovlardan taşqari odamlardan 7-12 ming dollardan pul yiğilgan va umumiy summa qariyb 90 mln dollarni taşkil etişi mumkin.

Mazkur jinoiy guruh va Azizbek Toştemirov örtasida boğliqlik bor-yöqligi ma’lum emas.