Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburg forumiga g‘arbdan birorta ham yirik investor kelmadi
AQSh investorlarni Sankt-Peterburgdagi forumni boykot qilishga chaqirdi. Tadbirda rossiyalik milliarderlardan atigi olti kishi ishtirok etadi.
Foto: RIA Novosti
15 iyun, chorshanba kuni boshlangan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PXIF) g‘arbdan birorta ham jiddiy investor qatnashmaydi, buni forum saytida e’lon qilingan dasturda ko‘rish mumkin. Tadbirda rossiyalik milliarderlardan atigi olti kishi e’lon qilindi.
Dasturga ko‘ra, forumda jami 11 nafar g‘arblik ma’ruzachilar va olti nafar rossiyalik milliarder so‘zga chiqadi. G‘arblik ishtirokchilarning aksariyati - besh nafari «G‘arb investorlari: yangi voqeliklar» muhokamasida qatnashadi. Bular Fransiya, Italiya, Kanada va Amerika savdo palatalari hamda «Italiya sanoat konfederatsiyasi» vakillaridir. Ushbu tashkilotlarning maqsadi - Rossiyada bu davlatlar ishbilarmonlarini qo‘llab-quvvatlash.
Yana ikki g‘arblik ma’ruzachi sport va unga nisbatan sanksiyalarning ta’siriga bag‘ishlangan muhokamada so‘zga chiqadi. Rossiyadagi g‘arb kompaniyalari manfaatlarini himoya qiluvchi Rossiya tashkiloti - Yevropa bizneslari assotsiatsiyasi rahbari Tadzio Shilling sanksiyalar sharoitida budjet va soliq siyosatini muhokama qiladi. Kelajak urbanizatsiyasi bo‘yicha muhokamada italiyalik tadbirkor Fabio Kachchatori so‘zga chiqadi.
Bundan tashqari, fransiyalik iqtisodchi Jak Sapir o‘zini o‘zi ta’minlaydigan iqtisodiyot muhokamasida ishtirok etadi. Urushdan oldin u muntazam ravishda Rossiya ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan, shuningdek, Fransiyaning Yevropa ittifoqidan chiqishini himoya qilgan, deya ta’kidlaydi «Agenstvo» sayti. Biroq fevral oyi oxirida Sapir Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralab, buni «asossiz va qabul qilib bo‘lmas» deb atadi va RT hamda Sputnik bilan hamkorlikni tugatdi.
Bu yil Rossiyadagi eng yirik iqtisodiy forumda atigi olti nafar rossiyalik milliarder so‘zga chiqadi. O‘z navbatida, 2021 yilga kelib Rossiyada boyligi 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 dan ortiq ishbilarmonlar bor edi. Forumdagi muhokamalarda «Severstal» egasi Aleksey Mordashov, «Novatek» rahbari Leonid Mixelson, «Renova» guruhi direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg, «Trubnaya metallurgicheskaya kompaniya» sobiq rahbari Dmitriy Pumpyanskiy, «Kasperskiy laboratoriyasi» asoschisi Yevgeniy Kasperskiy va «Chelyabinskiy truboprokatniy zavod» sobiq rahbari Andrey Komarov qatnashadi.
O‘tgan hafta AQSh Davlat departamenti AQSh vakillari PXIFda hech qanday holatda qatnashmasligini e’lon qildi va boshqa kompaniyalar hamda hukumatlarni boykotga qo‘shilishga chaqirdi. «Rossiya kuchlari Ukrainaga hujum qilayotganda «odatdagidek ish» bo‘lmasligi haqida aniq signal berishga chaqiramiz», - dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays.
Mavzuga oid
10:15 / 21.11.2025
Polsha investorlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoriga kirib kelmoqda
15:46 / 20.08.2025
Biznesga sodda shaklda investitsiya jalb qilish platformasi ishga tushiriladi
14:26 / 21.07.2025
Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi
09:50 / 13.06.2025