Ma’lum qilinişiça, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari natijasida sönggi beş yilda 826,5 ming gektar yer qişloq xöjaligi foydalanişiga kiritilgan. Şuning 409 ming gektari suğoriladigan yerlar, 418 ming gektari esa lalmi va yaylov yerlarni özlaştiriş hisobiga töğri keladi.
Taqdimotda 2030 yilgaça yana 938 ming gektar yaylovlarni özlaştiriş va holatini yaxşilaş rejalari bildirildi. Xususan, 2026–2027 yillarda 620 ming gektar yaylov tiklanib, uning 300 ming gektarida yaylov ösimliklari ekilişi, 130 ming gektarida quduqlar örnatilişi rejalaştirilgan. Bu orqali qariyb 960 ming boş mayda şoxli mol boqiş imkoniyati yaratiladi.
Prezident yangi yerlarni özlaştirişda har bir hudud böyiça aniq investor va loyiha asosida iş taşkil qiliş muhimligini ta’kidladi. Şuningdek, agrar sohada ilm-fanni yangi bosqiçga olib çiqiş, kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş va yuqori samaradorlikka erişiş böyiça tegişli vazifalar belgilab berildi.












